Investitsiya haqida
Assalomu alaykum! Telegramda bitta katta avto kompaniyaning boti bor ekan. Bu kompaniya o‘zini va ishini reklama qilishlik uchun telegramda bot ochibdi. Ya’ni a’zolari taklif qilsa shunga 0.1$ berishar ekan. Shunga o‘xshash savollarni saytdan o‘qib chiqdim va ishlayotgan ishi, targiboti halol bo‘lsa joiz manosidagi javobni ham ko‘rgan edim. U kompaniyaning ishi avtomobillar bilan bog‘liq va investitsiya bilan ham bog‘lik ekan. Ya’ni kimdir u kompaniyaga pul kiritib keyin qaysidir muddatdan so‘ng pulini kompaniya daromadidan ko‘paytirib olar ekan. Men shu botga odam taklif qilib har bir odam uchun 0.1$ dan olib qo‘shimcha daromad qilsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan bu kabi kompaniyalar xalqimizni ahmoq qilaverib rosa boyishdi. Afsuski xalqimiz haliyam ko‘zi ochilmayapti. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat