Joynomozni ishlatsam bo‘ladimi

Assalomu aleykum! Mushugim xovliga chiqolmay joynomozimning ustiga axlatini tashlabdi. Joynomozimning faqat kir joyini yaxshilab tozaladim. Uni ishlatish uchun yana yuvaymi yoki ishlatmaganim maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshilab o‘sha joyni yuvib, suv tommaydigan darajada siqasiz. Keyin shu ishni yana ikki marta takrorlaysiz. Jami uch marta bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 149 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar