Ismlar va ularga e’tibor

Assalomu alaykum! Saytdagi savol javoblardan Alloh lafzi yoki oyatlar yozilgan qog‘oz parchalari, o‘qishga yaroqsiz kitoblarni hukmi qanday bo‘lishini bilib oldik. Endi yana bir savol tug‘ildi, ya’ni odamlarning ismlari yozilgan qog‘oz parchalari va ularning hukmi haqida. Bunday qog‘oz parchalariga eski gazeta, daftarlarda va har qaerda oyoq osti bo‘lib yotganiga ko‘zimiz tushadi. Albata bu ismlar o‘zimiz kabi oddiy odamlarning ismi bo‘lib, aksaryat ismlarda Allohning go‘zal ism va sifatlari zikr qilingan misol: Abdurahmon, Abdumannon kabi ismlardur. Bunday holatlarda shu va shu kabi ismlar yozilgan qog‘ozlarni axlatlarga, oyoq osti bo‘ladigan erlarga tashlagan odam gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Internetdan sizlar bilan aloqa qilib, sizlardek ustozlarni bizga yaqin qilgan, bizlarga behisob nematlarni bergan Alloh taaloga hamd-sanolar bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Men ilm shahri bo‘lsam Ali uning darvozasi” deganlar”. Ushbu ilm darvozasi bo‘lgan Ali roziyallohu anhu ilm vositasi bo‘lgan qog‘ozni ehtirom qilib : “Men qog‘oz yuklangan tuyani tahoratsiz etaklashdan hayo qilaman” degan ekanlar. Ikkinchi ming yillik mujaddidi bo‘lgan imom Rabboniy rohimatullohi alayh tahoratxonaga kirganlarida qo‘lida bir nuqtani ko‘rib qolib, qaytib chiqqan ekanlar. Uni o‘chirib, keyin qaytadan tahoratga kirgan ekanlar. Shogirdlari u kishining kirib, yana qaytib chiqishlarini so‘raganlarida, “Nuqta ilmga tegishli, men uni nopok joyda bo‘lishini xohlamayman” degan ekanlar. Kim nimani qadrlasa Alloh taolo uni o‘shaning barakotidan nasibador qiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar