Ayolimni ota-onasinikiga borishi
Assalomu alaykum! Men uylanganman ayolimni vaqti vaqti bilan ota onasini ko‘rishga yuboraman. Ota onasini ko‘rgani borganda, u erdan men ruxsat bermagan joylarga yoki mendan ruxsatsiz ota onasini aytganiga ko‘nib borib qo‘ysa, yoki otasi men ruxsat bermaganimni bilib turib, qizini xoxlagan joyiga olib borsa, men keyin buni bilib ayolimni tergasam, men gunoxga qolgan bo‘lamanmi yoki otasi bilib turib olib borganiga gunoxga qolgan bo‘ladimi? Menga shunday xolatlar yoqmayapti. Shunday vaziyatlar oilani buzishga olib borib qo‘ymoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sal yonbosasizda. Bu hayot matematika qonuni emas. Men aytganim bo‘ladi deydigan emas. O‘zingizni bilmaganga ham soling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush