Savolni to‘g‘ri berish xaqida
Assalomu alaykum! Men bir axli ilm ustozning amru ma’ruflarida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir xadislarini eshitgan edim to‘liq xolatda esimda yo‘q. Faqat mazmuni esimda qolgan. Saxobalar savol berishganida "Xadeb savol berib dinilarni qiyinlashtirib olmanglar xuddi g‘ayridinlardek" deyilgan, shundan keyin saxobalar biron savol so‘ramoqchi bo‘lishsa Madina tashqarisidan biron kishini kelishini kutib turishar ekan. Iltimos shuni sharxlab bersangizlar, xozirgi kunda biz savol berishda qanday yo‘l tutishimiz lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَسْأَلُواْ عَنْ أَشْيَاء إِن تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ وَإِن تَسْأَلُواْ عَنْهَا حِينَ يُنَزَّلُ الْقُرْآنُ تُبْدَ لَكُمْ عَفَا اللّهُ عَنْهَا وَاللّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ 101. Ey iymon keltirganlar! Har xil narsalarni so‘rayvermanglar. Agar sizga izhor qilinsa, o‘zingizga yomon bo‘ladir. Agar ular haqida Qur’on nozil qilinib turgan chog‘da so‘rasangiz, sizga izhor qilinadir. Alloh ularni afv qildi. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta hilmlidir.
Bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida ko‘plab rivoyatlar bor. Ulardan birini yuqorida zikr qildik. Aslida bu oyat o‘sha paytda keng yoyilgan bir odatni muolaja etish uchun nozil qilingandir.
Endigina johiliyat zamonidan chiqa boshlagan odamlarning tabiati har xil bo‘lgan. Ular orasida Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bo‘lar-bo‘lmas savollar bilan murojaat qiluvchilari ham mavjud ekan. Ba’zilari o‘zini ko‘rsatish uchun, ba’zilari fitna qo‘zish uchun va yana boshqalari farosati etmaganidan ham savol beraverar ekan. O‘sha paytdagi voqe’likni tasvirlovchi rivoyatlarda bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Imom ibn Jarir Tobariy Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar zikr qilinadi:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azablanib, yuzlari qizarib, minbarga chiqib o‘tirdilar. Shunda bir odam turib, qarshilariga bordi-da:
– Mening joyim qaerda? – deb so‘radi.
– Do‘zaxda! – dedilar. Boshqa biri turib:
– Mening otam kim? – dedi.
– Otang Huzayfa! – dedilar.
Shunda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘rinlaridan turib:
– Allohni Robb deb, Islomni din, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Payg‘ambar va Qur’onni peshvo deb rozi bo‘ldik. Ey Allohning Rasuli, albatta, biz johiliyatdan va shirkdan yaqindagina chiqqan odamlarmiz. Otalarimizning kimligini Allohning O‘zi biladi», – dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam g‘azabdan tushdilar. Keyin
«Ey iymon keltirganlar! Har xil narsalarni so‘rayvermanglar» oyati nozil bo‘ldi».
Bundan boshqa rivoyatlar ham bor. Ammo mazkurlari kifoya qilar, degan fikrdamiz.
Bu oyatni o‘rganar ekanmiz, anglab etamizki, Qur’oni Karim aqiyda, shariat masalalarini bayon qilish bilan birga, musulmonlarning kundalik hayotlariga aralashib, ularning qo‘lidan etaklab, tarbiyalab ham borgan. Hatto savol berish odobigacha o‘rgatgan.
Aslida so‘rab o‘rganish, ma’rifat hosil qilish yaxshi narsa. Ammo hamma narsaning me’yori va chegarasi bo‘lganidek, savolning ham chegarasi va uslubi bor. Islom voqe’lik dini bo‘lganidan, ma’rifat uchun beriladigan savollar ham voqe’likdan kelib chiqishi, kishilarga manfaat jalb etishi lozim. Insonning ilmini oshirmaydigan, ma’rifatiga xizmat qilmaydigan, voqe’likda bo‘lmaydigan ikir-chikirlarni so‘rayverishdan kimga nima foyda bor? Ayniqsa, Qur’on nozil bo‘lib turgan paytda. Chunki shariatning yangidan-yangi hukmlari joriy etilib turgan paytda har xil savollar berilaversa, qo‘shimcha hukmlar tushib, ko‘pchilikka jabr bo‘lib qolish ehtimoli bor. «Haj har yili farzmi?» deb qayta-qayta so‘ragan odamga Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Agar, ha, desam, farz bo‘lib qolardi», deb javob qilganlaridan ham shu ma’no chiqadi. O‘sha bir kishining savoli sabab bo‘lib, haj ibodati har yili farz bo‘lib qolganda, musulmonlarga qanchalik qiyin bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarni so‘rayverish har xil qiyinchilik va noqulayliklarga sabab bo‘lishi mumkinligidan ham bu narsa man qilinmoqda.
Boshqa rivoyatlarda zikr qilinishicha, yuqoridagi rivoyatda «Otam kim?» deb so‘ragan odam Abdulloh ibn Huzayfa roziyallohu anhu bo‘lgan. U kishi qadimdan musulmon edi. Habashistonga hijrat qilgan, Badr g‘azotida qatnashgan, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning elchilari sifatida u zotning maktublarini Fors podshohi Kisroga olib borgan e’tiborli shaxs edi. Ammo u kishi dabdurustdan «Otam kim?» deb noqulay savol berdi. Savolining noqulayligini ayniqsa, onasidan dakki eshitganida yana ham yaxshiroq his etdi. Onasi u kishiga:
– Sendan ko‘ra oqroq bolani ko‘rmadim. Onang johiliyat ayollari qilgan ishlarni qilib qo‘ygan bo‘lganida, uni odamlar orasida sharmanda qilgan bo‘lar eding! – dedi. Shunda Abdulloh ibn Huzayfa:
– Allohga qasamki, Rasululloh menga «Bir qora qul nasabidansan», deganlarida, shunday bo‘lar edi, – dedi. Ya’ni Abdullohning otasi Huzayfa ekani ma’lum va mashhur bo‘lishiga qaramay, xuddi onam xiyonat qilib, birov bilan zino qilmaganmikan, degandek shubhaga borib, savol bergan.
Musulmonlarni shunga o‘xshash noqulayliklardan saqlash maqsadida ularga xitob qilinib:
«Ey iymon keltirganlar! Har xil narsalarni so‘rayvermanglar. Agar sizga izhor qilinsa, o‘zingizga yomon bo‘ladir», – deyilmoqda.
Ya’ni «Sizga bir hukmning kerakli qismi aytib qo‘yilgan, masalan, hajning farzligi. Lekin siz u haqda so‘rab-surishtiraversangiz-u, o‘sha so‘ragan narsangiz yuzaga chiqsa, o‘zingizga yomon bo‘ladi. Toqatingizdan tashqari taklif bo‘lishi yoki boshqa bir og‘irroq hukm kelishi mumkin».
Imom Buxoriyning «Sahih»larida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, Alloh taolo sizlarga farzlarni buyurdi, ularni zoe qilmang; chegaralar qo‘ydi, ularni buzib o‘tmang; bir qancha narsalarni harom qildi, poymol qilmang; unutib emas, sizlarga rahm etib, bir qancha narsalarni zikr qilmadi, ular haqida so‘ramang», deganlari rivoyat qilinadi.
Imom Muslim Omir ibn Sa’ddan, u esa o‘z otasidan qilgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmonlarga harom qilinmagan bir narsa haqida so‘rasa-yu, uning savoli sababidan o‘sha narsa musulmonlarga harom qilinsa, o‘sha odam musulmonlar haqida eng katta gunoh qilgan bo‘ladi», – deydilar.
Bu hollar Qur’oni Karim tushib turgan paytda ayniqsa, xavfli bo‘lib, har bir lahzada yangi oyat nozil bo‘lib, qo‘shimcha savol tufayli musulmonlarga taklif kuchayishi ehtimoli bo‘lgan.
Avvalgi avlod musulmonlari bu haqiqatni yaxshi tushunib etganlaridan o‘zlarini ehtiyot qilishar edi.
Imom Dorimiy hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda u kishi: «Rasulullohning sahobalaridan ko‘ra yaxshiroq qavmni ko‘rmadim. Ular u zot vafot etgunlariga qadar o‘n uchta savol so‘rashgan, xolos. Bu savollarning hammasi Qur’onda zikr qilingan: «Sendan harom oy haqida so‘raydilar»; «Sendan hayz haqida so‘raydilar», kabi. Ular faqat o‘zlariga manfaatli narsalarnigina so‘rashar edi», – deganlar.
Imom Molik esa: «Men bu yurtning (ya’ni Madinai Munavvaraning) Kitob va sunnatdan boshqa narsaga amal qilmasligini ko‘rdim. Agar bir yangi masala paydo bo‘lsa, amir ulamolarni to‘plardi. Ulamolar nimaga ittifoq qilsalar, amalga oshirar edilar. Sizlar esa savollarni ko‘paytiraverasizlar. Rasululloh bu ishni xush ko‘rmaganlar», – degan ekanlar.
Ha, afsuski, zamonlar kelib, musulmonlar Islomning boshqa ta’limotlari qatori, bu ta’limotini ham unutib, bo‘lar-bo‘lmas masalalarni xayolan to‘qib chiqarishga, uni hal qilishga ortiqcha vaqt, aql-zakovat va kuch-quvvat sarflashga o‘tib ketdilar. Bu haqda ko‘p gaplar bo‘lib o‘tgan. Ammo hammasi befoyda narsalar ekani odamni afsuslantiradi. Ba’zi fiqh kitoblarida shu qabildagi masalani o‘qisang, hayron qolasan. Misol uchun, quyidagicha savol beriladi: «Homilador ayolni to‘lg‘oq tutib, bolaning boshi chiqqanda namoz vaqti kirib qolsa, qanday qilib namoz o‘qiydi?» Javob tayyor: «Bolaning boshidan kattaroq qilib erdan chuqur kavlaydi. Sajdaga borganda, o‘tirganda, bolaning boshi o‘sha chuqurda tushib turadi, hech qaerga tegmaydi. Zarar tortmaydi». Lekin «Voqe’likda shu ish bo‘lishi mumkinmi?» degan fikr xayolga kelmagan.
Bunga o‘xshash savollar va ularga javob axtarishlar, javob bir xil bo‘lmay qolsa, orada janjal chiqarishlar keragidan ortiq ko‘rilgan. Bunday hol faqat fiqhda emas, ilmi kalom, falsafa va boshqa sohalarda ham avj olgan. Oqibat hammaga ma’lum. Aslida bu ishlar Islom ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Voqe’likda bo‘lmagan narsani savol qilib so‘rash avvalgi musulmonlarning odatida yo‘q edi.
Imom Dorimiy o‘zlarining «Sunan» kitoblarida rivoyat qilishlaricha, Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bo‘lmagan narsani so‘ragan odamni la’natlar ekanlar.
Zuhriy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatga qaraganda, ulug‘ sahobalardan Zayd ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhu biror ish haqida masala so‘ralsa, «Bu sodir bo‘ldimi?» – deb so‘rar ekanlar. Agar «Ha sodir bo‘ldi», deyilsa, u ish haqida bilganlarini aytar ekanlar. Agar «Hali sodir bo‘lgani yo‘q», deyilsa: «Sodir bo‘lguncha qo‘yib turinglar», – der ekanlar.
Behuda savollarni beravermaslik haqida bir qancha hadisi shariflar ham bor.
Imom Muslim Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo sizlarga onalarga oq bo‘lishni, qizlarni tiriklayin ko‘mishni va man qilib turib, ber, deyishni harom qildi. U sizlarga uch narsani yomon ko‘rdi: qiylu-qolni («dedi-dedi»ni), ko‘p savolni va molni zoe qilishni», – dedilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar