Nafs bilan qalb orasi

Assalomu alaykum! Bu savolni berishmni meni tog‘am iltimos qildi. U kishi hozir ish safari bilan Rossiyada. Ketganiga ko‘p bo‘lmadi, menimcha qandaydir sinovlarga uchradi shekilli. Savol quyidagicha: Qalb aytganini qilish kerakmi yoki aqlnimi? Nafs bilan qalb orasi qancha? Ya’ni nafs roxati bilan qalb roxatini qanday ajratsa bo‘ladi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday o‘rinda Alloh taolo payg‘ambari orqali istixora namozi va ortidan duo qilishni sunnat qilgan. Ular bilan ham qalb taskin topmasa aql, taqvo va tajriba egalari bilan maslahat qilishga buyurgan. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/655

26 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar