Kechirimni qabul qilmasa

Assalomu alaykum! Bir inson zulm qilganidan qattiq afsuslanib, tavba qilib, mazlumdan kechirishini yoki haqqini olishligini so‘rasa. Ammo mazlum kechirmayman, haqqimni esa qiyomatda olaman desa. Bu ikki insonning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarni eng yomoni zulm qilib tavba qilmay, haqqini halollamagan kishidir. Undan ham yomonrog‘i esa kechirim so‘ragan kishini kechirimini qabul qilmagan insondir. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar