Halola bo‘lishi uchun

Assalomu alaykum! Birinchi eriga halol bo‘lishi uchun 2-eridan yaqinlik qilinmasidan taloq olishi ham mumkinmi? Demoqchimanki, 2-eri nikohiga olishi bilanoq talog‘ini bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: جَاءَتِ امْرَأَةُ رِفَاعَةَ الْقُرَظِيِّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: كُنْتُ عِنْدَ رِفَاعَةَ فَطَلَّقَنِي فَأَبَتَّ طَلَاقِي، فَتَزَوَّجْتُ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ الزَّبِيرِ، إِنَّمَا مَعَهُ مِثْلُ هُدْبَةِ الثَّوْبِ. فَقَالَ: «أَتُرِيدِينَ أَنْ تَرْجِعِي إِلَى رِفَاعَةَ؟ لَا، حَتَّى تَذُوقِي عُسَيْلَتَهُ وَيَذُوقَ عُسَيْلَتَكِ». وَأَبُو بَكْرٍ جَالِسٌ عِنْدَهُ وَخَالِدُ بْنُ سَعِيدِ بْنِ الْعَاصِ بِالْبَابِ يَنْتَظِرُ أَنْ يُؤْذَنَ لَهُ، فَقَالَ: يَا أَبَا بَكْرٍ، أَلَا تَسْمَعُ إِلَى هَذِهِ مَا تَجْهَرُ بِهِ عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rifo’a Quraziyning xotini Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kelib: «Men Rifo’aning xasmi edim. Meni taloq qildi va talog‘imni uzil-kesil hal qildi. Keyin men Abdurrahmon ibn Zabirga turmushga chiqdim. Undagi narsa kiyimning popugi kabi, xolos», dedi. U zot: «Sen Rifo’aga qaytmoqchimisan? Yo‘q! Toki sen uning asaldonidan, u sening asaldoningdan totimaguncha (bo‘lmaydi)», dedilar. Abu Bakr u zotning oldilarida o‘tirgan edi, Xolid ibn Sa’id ibn Os esa eshik tagida o‘ziga izn berilishini kutib turardi. Shunda u (Xolid): «Ey Abu Bakr, manavini eshityapsizmi?! Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida nimalarni oshkora aytyapti-ya!» dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

24 Aprel 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar