Windowslar haqida

Assalomu alaykum! Savolim windowslar haqida to‘liq ma’lumot olish. Ma’lumki komputerlar uchun windows juda ham zarur, komputerdagi ishlar windows bo‘lmasa bajarilmaydi. Men Windows7 dan foydalanaman. Hozirgi kunda windows7 ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotuvdan chiqarilgan, ya’ni umuman sotilmaydi, uning o‘rniga yangi versiyalari chiqqan va ular sotiladi. Komputerimdagi windows7 esa u sotuvdan chiqarilmasidan oldin nusxa ko‘chirib o‘rnatilgan. U paytlari mualliflik huquqi haqida umuman bilmas edim. Endi u haqida ma’lumotga ega bo‘lib ancha gumonga tushib, hatto ancha siqilib qoldim. Chunki, Windowslarning boshqa versiyalari juda qimmat va komputerim ancha eski. Men web dasturchilikni o‘rganayapman va tugatish arafasidaman, Insha Alloh yaqinda ishga kirmoqchiman, 1) Mendagi Windows7 dan foydalanib loyihalar bajaraman Insha Alloh va shu loyihalar orqali topadigan pulim halol bo‘ladimi? 2) Mendagi windows7 dan foydalib bajargan loyihalarim bor. Ishga kirayotganimda ularni ko‘rsatishim kerak bo‘ladi. Ular men bajargan loyihalarga qarab tajribamga baho berishadi va shunga qarab ishga olishadi. Agar ko‘rsatmasam ishga olmasliklari mumkin. Men ularni sotmayman. Mendagi windows7 orqali bajarilgan loyihalarimdan foydalanib ishga kirishim joizmi? 3) Men bir ish beradigan saytdan ro‘yxatdan o‘tganman, ro‘yxatdan o‘tishim uchun o‘zimdagi windows7 dan foydalanganman In sha Alloh kelajakda yangi komputer va yangi windows sotib olsam shu saytda ishimni davom ettirsam bo‘ladimi yoki boshqatdan ro‘yxatdan o‘tishim kerak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vindovs 7 hozirgi kunda ham sotuvdan arzon narxda topsa bo‘ladi. O‘shandan olib ishlating. Agar o‘zi nushangizdan foydalansangiz topgan pullaringiz shubhali bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 64 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar