Zikr axlidagilar noto‘g‘ri javob berishadi deyishadi
Assalomu alaykum! Kanal ochilgandan beri muntazam kuzatib kelaman. Do‘stlarim savollarimizga javob beruvchilarni noto‘g‘ri javob berishadi. Ustoz tutish kerak deyishadi. Xozirda shu internetdan ustoz tutib bo‘lmasligini yaxshi bilaman. Shu adashib kolishmasin deb shu kanal ochilgan deb bilaman. Shunda xam sizlarga ko‘p savol javoblarda xato javoblar beriladi degan tushunchalari bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha javoblarni keltirishsin. Xato bo‘lsa jon jon deb qabul qilib minnatdorchilik bildiramiz. Ammo ba’zida o‘zlari boshqa mazhabning gapini eshitib mazhabimizdagi javobni bersak xato deb o‘ylab olishadi. Ularning misoli kuyidagi hikoyadagi ayolga o‘xshaydi. Osmonda yangi oy chiqqanida ayollar bir biriga yangi oy chiqibdi deb osmonga qaray boshlabdi. Odatda inson osmonga qaraganda qo‘lini peshonasiga soyabon qilib osmonga qaraydi. Bir ayol bolasini xojatga tutib o‘tirgan ekan u ham boshqa ayollarning ovozini eshitib, bolasini qo‘yib osmonga qarabdi. Albatta u ham qo‘lini peshonasiga soyabon qilib qo‘yib olibdi. Kuzatib turib : “bu safargi oy bir oz badbo‘yroq chiqibdimi?” deb so‘rabdi. Oralarida bir ziyrak ayol bor ekan e’tibor berib qarasa bolasining najosatidan u ayol barmog‘iga tegib qolgan ekan. Qo‘lingizni tushirib qarangchi desa, tushirib qarabdi. Endi badbo‘y emasmi? desa, yo‘q debdi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 158 | Administrator