Gunohga sherikmanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men evro remont qilaman, ustaman. Sherigim bo‘lib, u bilan teng sheriklikka ishlaymiz. Sherigim uy egalari xaqqiga xiyonat qiladi. Men bu ishlarga aralashmayman. Uy egalariga keragidan ko‘p qurilish mollarini oldirib, keyin sherigi o‘zi o‘sha joyga olib borib sotib pulini cho‘ntagiga uradi. Men u pullarga aralashmayman, faqat uy egalari bilan kelishilgan pulni ikkidan bir qismini olaman xolos. Savolim shundan iboratki sherigim qilayotgan gunoxga sherikmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aytmaganingiz uchun sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar