Bolalarni masjidga kelishi makruxmi

Assalomu alaykum! Kecha tarovix namozining 1-kunida imom yosh bolalarni qachon namoz o‘qishni o‘rgangandan so‘ng olib kelinglar, bilmaganlarni olib kelmanglar, bolalarni kattalar bilan bir safda turishi makrux amal dedi. Axir Ibn Abbos roziyallohu anhu balog‘atga etmagan payti payg‘ambarimizning o‘ng yonlarida o‘qiganku? Bolalar masjidda o‘rganmasalar kaerda o‘rganadilar. Biz xam bobolarimizni orqalaridan ergashib kelib, namozga mexrimi shu erda tushgan, odamlarga qarab o‘rganishni boshlaganmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini eplolmaydigan, namozni farqiga bormaydigan yosh bolalarni olib kelish to‘g‘ri emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Aqli zaif va yosh bolalaringizni masjiddan chetlatinglar” deganlar. Namozni tushunsa, yon-atrofdagilarni namozini buzmaydigan darajadagi yoshda bo‘lsa olib kelish albatta joiz. Shuning uchun bolalarni olib kelayotganlar e’tibor qaratishsin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 172 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar