Har kuni istig‘for aytgan kishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, «Riyozus Solihiyn» kitobida aroq ichgan va zino qilgan odam shariy jazo olmaguncha gunohlari yuvilmasligini o‘qidimu xalovatim yo‘qoldi. Bir odam kafforot to‘lash kerak, usiz tavbani o‘zi kifoya qilmaydi dedi. Lekin unga qodir bo‘lmagan odam nima qiladi? Axir Qur’on «Kim mag‘firat so‘rab tavba qilsa Allohning naqadar kechirimli ekanini topadi» deyilgan va hadislarda «Kim farz namozlaridan so‘ng 33 martadan Subhanalloh Alhamdulillah Allohu Akbar desa gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi va Oyatul Kursiyni o‘qigan odam bilan jannatning orasida faqat tirikligi to‘siq bo‘ladi» va yana Allohning G‘ofur Rohiym sifatlari qaerda qoladi? Avvallari shu kabi gunoh qilgan va keyin ibodatga kirib Alloh qodir qilganicha Robbisiga bandalik qilib xar kuni istig‘for aytadadigan banda ham do‘zaxga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo barcha gunohlarga qilingan haqiqiy tavbani qabul qishini va’dasini bergan. Va Qur’oni karimda: قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 53. (Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».(Zumar surasi) deb marhamat qilgan. Ammo bu kelgusida tavba qilamanda deb namozlarni o‘z vaqtidan kechiktirish va xohlagan gunohini qilaverish degani emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:12 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda