Raxmdil bo‘lish xaqidagi xadis

Assalomu alaykum! Bir joyda ingliz tilida yozilgan Xadisni ukib koldim. Ingliz tilidan uzim tushunganimcha tarjima kilaman (xatolarim bulsa uzr. Alloh kechirsin) Xadis kuyidagicha: Raxmdilga eng raxmli Zot raxm kursatadi. Erdagi (inson) larga raxmli buling, shunda Alloh sizlarga raxm kiladi. Sunan al Termiziy, 1924. Men Alloh deb tarjima kilgan lafzim ingliz tilida "one in the heavens" yani "osmondagi bir" deb tarjima kilinadi. Savolim shuki arab tilida xadis aynan kanday kelgan? Va tafsiri kanday buladi? To‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima kilinadimi xuddi ingliz tilidagidek? Chunki buni ukigan odam siz raxm kilsangiz osmondagi Alloh sizlarga raxm kiladi deb tushunadi. Izlash xizmatidan topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisning arabiy matni quyidagi: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الرَّاحِمُونَ يَرْحَمُهُمُ الرَّحْمَنُ، ارْحَمُوا أَهْلَ الْأَرْضِ يَرْحَمْكُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Rahm qiluvchilarni Rohman rahm qiladi. Er ahliga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qiladi», dedilar».
Sharh:
Rohman sifati sohibi bo‘lgan Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda boshqalarga rahm qilsin. Osmonda bo‘lgan Zotdan murod oliy bo‘lgan Zot – Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda er ahliga rahm qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 149 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar