Garov o‘ynash

Assalomu alaykum! 2ta do‘st bir-biri bilan gap talashib qolib garov o‘ynashdi. Shu o‘ynagan garovlarini mulki harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Garov o‘ynash harom. Hattoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim “Kel garov o‘ynaymiz” desa o‘sha gapiga sadaqa bersin” deganlar.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ حَلَفَ فَقَالَ فِي حَلِفِهِ: وَاللَّاتِ وَالْعُزَّى. فَلْيَقُلْ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ. وَمَنْ قَالَ لِصَاحِبِهِ: تَعَالَ أُقَامِرْكَ. فَلْيَتَصَدَّقْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ont ichsa-yu, ontida «Lotga qasam», «Uzzoga qasam», desa, darhol «Laa ilaaha illallooh», deb olsin. Kim sherigiga «Kel, sen bilan qimor o‘ynayman», desa, darhol sadaqa qilib yuborsin». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar