Xarom so‘yilgan hayvon
Assalomu alaykum! Biz ro‘zg‘orimizni bedana boqish orqali tebratamiz. Bedanalarni so‘yishda dadam ularni boshini uzib tashlaydilarar. Har biriga bismilloh aytishini ham aniq emas, agar men dadamga bu xarom desam men bilan tortishib shariat va ulamolar sha’niga yomon gap aytadilar(boshqa masalada shunday bo‘lgan). Men talabaman ishlamayman. Dadamga aytsam yomon gap( shirk va hukmni inkor qilish kabi) aytishiga sabab bo‘lib qolishim mumkin. Bu ishlar xaromligini bilsam ham dadam buni tushunishni hohlamaydilar. Men shu narsani iste’mol qilishim va undan kelgan puldan foydalanishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi bir ota-onalar o‘zlarining otalik va onalik haqlarini qattiq talab qilishadi. Bu borada qo‘yilgan kamchiliklarga jiddiy chora ko‘rishga harakat qilashidi va buni o‘ta beadablik deb bilishadi. Yo‘qdan bor qilib, rizqini berayotgan Alloh taoloning shunchalik ham haqqi yo‘qmi? Buyruq va qaytariqlarini hurmati yo‘qmi? Bu haqqlarni poymol qilganlar, qilayotganlar Alloh taoloni ota-onalarchalik ham g‘azab qilmaydi deb o‘ylashadimi? Siz farzand bo‘lganingiz uchun gapingiz o‘tmasligi aniq. Otangiz hurmat qiladiga, tan oladigan birorta namozxon do‘sti bo‘lsa o‘sha orqali ayttiring. Odatda odamlar qushlarni so‘yishda shu ishni qiladi. Aniqki bu bilan o‘sha qilingan ish ham so‘yilgan qush ham undan topilgan pul ham harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom