E’rob haqida

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vatingizlarni olganim uchun. 1) Namozda quydagilarni imomgarchiligi makruhdir deb ma’noni buzmaydigan darajada e’robni buzib tilovat qiladigan kishining. Misol uchun alhamduni alhamdi deb. Uzr e’rob haqida biroz tushuntirib bersangizlar.2) Namozda qiroat qilyapturganda bir alif cho‘ziladigan o‘rinlarda ikki yoki uch alif cho‘zib qo‘ysa yoki aksi to‘rt yoki olti alif cho‘ziladigan o‘rinlarda oz cho‘zib qo‘ysa namoz buzilishiga ta’siri bormi?  Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! E’rob deb, kalimaning oxirgi harfiga tegishli zamma, fatha va kasradan iborat harakatiga aytiladi. Maddlarni o‘zgartirsa, o‘zgartirilgan kalimaga bog‘liq. Ma’no o‘zgarsa, namoz buziladi. Siz o‘ylagandek biror bir qolip yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar