Allohga tavakkul qilib duo qilish

Assalomu alaykum! Bazi maruzalarda eshitaman, duo qilayotganda bizga nima kerakligini sanab o‘tirishimz joiz emas. Robbing senga nima kerakligini sendan yaxshi biladi deydi. Bazi maruzalarda Allohdan duo qilib so‘rash kerak keyin beradi deyiladi. Biz namozlarda duo qilayotganda dunyoviy hojatlarimizni so‘rasak bo‘ladimi yoki Robbim sen menga nima kerakligini mendan yaxshi bilasan o‘zingga tavakkul qildim deb duo qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taologa duo qilishda nimani ato qilishini O‘ziga topshirib qo‘yib, sunnatda kelgan duolarni ko‘paytirish kerak. Ba’zi-ba’zida bandalikni izhor qilish uchun birma-bir hojatlarini sanab chiqish ham yaxshi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 117 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar