Namoz o‘qimaganlik xaqida

Assalomu alaykum! Yaqinda meni bir do‘stim, Alloh mag‘firat qilsin, Shayximiz Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf Roximaxulloxni namoz o‘qiy olmagan odamlar to‘g‘risida bir ma’ro‘zasida shunday degan dedi :"namoz o‘qiy olmadim deb qayg‘urma va xafa xam bo‘lma, insonlarga qilgan yaxshiliklaringni o‘zi ibodat shu" deb shunday gap aytgan deb o‘zi namoz o‘qimaganini oqladi vaqti yo‘qligini aytib. Tabiiyki men ishonmadim. Bu axr bilmagan narsasi xaqida gapirish, tuxmat emasmi !? Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangizlar .
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazrat rahimahullohga tuhmat qilibdi yoki bo‘lmasam uning yonida "bu g‘irt bemani gap" degan qo‘shimcha gapni tashlab aytibdi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar