Yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda yurtimizda xar jabxada rivojlanishlar bo‘lmoqda. Diniy, iqtisodiy, siyosiy, sportimizda shaxar obodonlashtirishlar va hakazo. Xalqimiz bundan rozi. Albatta bu yutuqlarimiz Allohni bizga berayotgan fazli karamidan. Albatta sababchilar ko‘p. Biz bunga shukur qilishimiz kerak. Savolim shundan iboratki, shu kunlarda xalqimizni azaliy orzulari oshishi, nematlarni barakali bo‘lishi xalqimizni qaysi bir qilgan xizmatidan deb o‘ylaysizlar? Umuman olganda vatanimizni shunchalik yaxshi tomonga o‘zgarishini oyat va xadislarda kelgan ko‘rsatma buyruqlarga asosan xayot kechirayotganimizdan bo‘layapti desak bo‘ladimi? Zero xalqimiz orasida shuncha yutuqni ko‘rib xam noshukurlik qilib yurganlar yo‘q emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni turli sabablari bo‘lishi mumkin. Xatmi Qur’onlar barakoti, masjidlarda qilinayotgan duolar samarasi yoki Alloh taolo quyidagi oyatda aytgan holat bo‘lishi ham mumkin. فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى إِذَا فَرِحُواْ بِمَا أُوتُواْ أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ 44. Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar.
Bunday muomalaga «istidroj» – bildirmasdan, darajama-daraja olish deyiladi. Alloh ogohlantirish maqsadida avval balo-ofatga duchor qilgan edi, tazarru qilmadi, kufrda davom etdi. Balo-ofat ta’sir qilmaydigan qalb tosh qotgan, yaxshilik umid qilib bo‘lmaydigan qalbdir. Undan endi iymon ham, biror-bir yaxshilik ham kutib bo‘lmaydi. Alloh O‘zi hikoya qilayotgan avvalgi ummatlardan shunday qattiq qalblilarini bir muddat tek qo‘yib qo‘ygan. Ular boshidan o‘tgan musibatlarni va:
«Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik», – deydi.
Ya’ni ular istaganlaridan ham ortiq nozu ne’matlarga ko‘mib tashlanganlar. Bu dunyoning matohlari ularga seldek oqib kelgan. Albatta, ular bu narsalarga cheksiz xursand bo‘lganlar. Ammo iymonsiz, tazarrusiz kelgan nozu ne’mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Aslida iymonli, tazarruli va taqvolilarga nozu ne’matlar, farovon turmush berilishi lozim. Alloh taoloning va’dasi shu. Ammo bu narsalar kofir-mushriklarga berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo‘yilsa, orqasida boshqa gapi bo‘ladi. Nozu ne’matga ko‘milgan kofirlar g‘ururga ketib, yana ham ko‘proq isyonga, gunohkorlikka o‘zlarini uradilar. Ammo haqiqiy hikmat keyin paydo bo‘ladi:
«O‘zlariga berilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik».
Bunday bo‘lishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Ularni birdaniga Allohning azobi tutdi.
«Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar».
Endi tavba-tazarru qilishga imkon qolmadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan A’rof surasi). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:21 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar