Harom kiyim

Assalomu alaykum! Hayit ayyomi muborak. Agar harom pulga olingan kiyimdan boshqasi bo‘lmasa, yangi kiyim olishga vaqtincha iloj bo‘lmasa, harom pulga olingan kiyimni kiyish joizmi? Joiz bo‘lmasa kimlarga berib yuborish mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ( إن الله طيب لا يقبل إلا طيبا ، وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين ، فقال تعالى : { يا أيها الرسل كلوا من الطيبات واعملوا صالحا } ( المؤمنون : 51  ، وقال تعالى : { يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم } ( البقرة : 172  ، ثم ذكر الرجل يطيل السفر ، أشعث أغبر ، يمدّ يديه إلى السماء : يا رب يا رب ، ومطعمه حرام ، ومشربه حرام ، وملبسه حرام ، وغُذّي بالحرام ، فأنّى يُستجاب له ؟  رواه مسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Albatta Alloh taolo pok Zotdir. Faqat pokizanigina qabul qiladi. Alloh taolo rasullarni nimaga buyurgan bo‘lsa, mo‘minlarni ham shunga buyurgan. Alloh taolo (وَاعْمَلُوا صَالِحًا) va (يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُلُواْ مِن طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ) degan” dedilar. So‘ng bir kishini zikr qildilar. U uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘igan, changa belangan, ikki qo‘lini osmonga cho‘zib, “Ya Robb, Ya robb” deydi. Holbuki egani ham harom, ichgani ham harom, kiygani ham harom va harom bilan ozuqlangan. Qanday qilib uning duosi mustajab bo‘ladi" dedilar. Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar