Men gunohkormanmi
Assalomu alaykum! Men bilan bo‘lgan voqea: Men abiturientman, shaharda tayyorlanaman. Shaharda ijarada kollej talabalari bilan turaman. Kollej talabalari mendan 1 yoshga kichik. Ular bir kuni o‘zimiz yashab turgan ijaradagi uyga fohisha olib kelib zino qilmoqchi bo‘lishdi. Men esa bu holatga qarshilik bildirdim. Ular meni qarshiligimga qaramay baribir o‘sha ishlarini qilishga qaror qilishdi va o‘sha kunni o‘zida xonamizga fohishani olib kelishdi. Men esa tashqariga chiqdim va nima qilishni bilmay, shu bolalarni o‘qituvchisiga (ya’ni kollejdagi o‘qituvchisiga) telefon orqali vaziyatni aytdim. O‘qituvchisi yoniga kollej direktori o‘rinbosari va yana bitta o‘qituvchini olib bizni kvartiramizga kelishdi. Ammo bu yigitlar xona eshigini ochmaganligi tufayli, o‘qituvchilar o‘sha mahallani profilaktika inspektorini chaqirishdi va profilaktika inspektori yigitlarni ushlab, ularga nisbatan chora ko‘rib tegishli tarzda bayonnoma tuzdi va eng kam oylik ish haqini 2 baravari miqdorida jarimaga tortdi. Shu holatdan keyin ular bilan oramizdagi munosabatimiz buzuldi. Va ular meni "kozyol" deya atashdi. Savol: Meni qilgan ishim noto‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa gunohimni qanday yuvishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar