Birinchi eridan taloq olmagan ayol

Assalomu alaykum! Bir tanishim bundan 6-7 yil avval erdan ajragan, lekin eri javobini bermagan ekan. Hozir u ikkinchi eri bilan 5 yarim yildan beri yashaydi. Ikki farzandi bor, eri xotiniga birinchi eri javobini bermaganligini bilar ekan. Turmush qurushdan oldin bir qori insondan so‘rashsa “4-5 oy ayol ersiz yashasa taloq tushadi” degan ekan. Uni gapiga ko‘ra turmush qurishga hozirgi vaqtda u qaror noto‘g‘rilgi haqida o‘qishgan. Birinchi eri esa umrini oxrigacha jovobini bermas ekan. Bu holatda nima qilish kerak? Shu kungacha ular zino tariqasida o‘tganmi? Farzandlar valadizino emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zino deb bo‘lmaydi. Chunki ilmsiz kishi favo bergan, shu fatvoga amal qilishgan. Aslo valadizino deb bo‘lmaydi. Ammo avvalgi eridan talog‘ini olib iddasini chiqargach qayta nikoh o‘qitishlari shart. Kuch ishlatib bo‘lsada talog‘ini olishi kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar