Namozda tahorat buzilishi

Assalomu alaykum! Juma namozini masjidda jamoat bo‘lib o‘qiyotgan edik. Juma namozi farzini o‘qiyotganimizda tahoratim buzildi. Namozim buziladimi? Bunday vaziyatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha zahoti chiqib, tahoratni yangilab, kelgan joydan davom ettirish kerak. Odamlarni orasidan, saflar orasidan o‘tish gunoh emas, chunki imomning sutrasi hammaga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar