Alloh kechirsin degan umidda
Assalomu alaykum! Alloh fazli ila bandalikdan qilgan kichik gunoxlarimizni kechirishini bilaman, ammo shirkni aslo kechirmasligini xam. Bu voqeada meni xolatimga to‘g‘ri baxo beringlar aziz ustozlar. Qaynonamnikiga borganimizda gudak farzandim kechalari bezovtalanib uxlolmagan. Dam soldirishga olib boramiz deyishgan. Dam soldirish shariatimizga zid bo‘lmagani uchun ularga bo‘ysunganman. U erda (jizzax viloyati) kosaga qo‘l solib dam solisharkan. U ayol xam kosaga qo‘l solib ustiga latta yopib, duolarnimas qandaydir qo‘shiklarni aytib o‘tirgan. So‘ng lattani ochib o‘g‘ling kelajakda buyuk odam bo‘larkan, unaqa bunaqa deb fol ochgan. Mani jaxlim chiqib dam solmadizku desam, shu dam solish toshkentda bunaqa narsalarni bilishmaydi, ishonishmaydi. Bu erda xamma shunaqa qiladi. Shundan tuzaladi deb qaynonam ikkalasi mani savodsizga chiqarishgan. Jaxlim chiqib tashqariga chiqsam qaynotam nima deganini so‘raganlar man u ayolni gaplarini aytganman. Keyingi safar mexmonga borganimizda yana o‘g‘limi mazasi bo‘lmaganida qaynonam o‘sha ayolga boramiz dedi. Men u ayolga ishonmiman u folbin desam jaxllari chiqib dadang shu ayoldan tuzalgan, kichkina bo‘lib nimaniyam tushunarding deb talablarini o‘tkazmoqchi bo‘ldilar. Qaynonam umuman islomni tushunmaydigan, cho‘chqa go‘shtlarini eb yuradigan ayol. Shuni bilib ularga bo‘ysungim kelmadi va u ayolga bormadim. Janjal qildilar va oxiri bir dam soluvchi otaxonga olib borishdi va duolar o‘qib dam solib qo‘ydi. Savolim: 1. O‘zim bilmaganim xolda folbinga borganim bu shirk (astag‘firriloh) keltirganimmi? 2. Uni gaplarini shunaqa dedi deb qaynotamga aytganim gaplarini tasdiqlash emasmi? Iltimos ustozlar yo‘l ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shirk emas. Bo‘lib ham shunchalik darajada raddiya bildirgan bo‘lsangiz. Bu tasdiqlash emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 150 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shirk emas. Bo‘lib ham shunchalik darajada raddiya bildirgan bo‘lsangiz. Bu tasdiqlash emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 150 | Islam