Nikox guvoxnomamiz kesildi taloq nima bo‘ladi
Assalomu alaykum! Men xo‘jayinim bilan 4 oy oldin ajrashib ketdik, bir qizimiz bor, ikkinchisiga xomilador edim, qaynonam bolani oldirib tashla menga bola kerakmas deb do‘q po‘pisalar qildi, lekin yarashib yashab ketaman deb Alloxdan umid qilib u gunoh ishni qilmadim, shu orada bu tashvishlardan siqilganimdan, xomilam o‘smay qolibdi nobud bo‘ldi. Bir oy oldin nikox guvoxnomamiz kesildi, lekin xali javobimni bergani yo‘q, lekin xo‘jayinimdan xat xabarxam yo‘q, shu 4 oy ichida na ko‘rmadim na gaplashmadim. Bunday xolatda taloq "javob" masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohni kesish vaqtida eringizni og‘zidan chiqqan so‘zlarga qaraladi. Mabodo bo‘ldi tugadi yashamayman degan so‘zlar chiqqan bo‘lsa taloqni olishga hojat yo‘q. O‘sha taloq bo‘ladi. mabodo u gaplar bo‘lmagan bo‘lsa boshqa turmush qurishingiz uchun talog‘ingizni olishingi iddangizni o‘tirishingiz keyin turmushga chiqishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush