Unitib qoldirilgan buyum

Assalomu alaykum! Erim kirakashlik bilan ro‘zg‘or tebratadilar bazida moshinalariga o‘tirgan mijozlarni buyumlari tushib qoladi yoki unutib qoldirishadi agarda u buyumlarni egasiga qaytarishni iloji bo‘lmasa oilamizga ishlatish yani sotib puliga birornima olish yoki istemol qilish bizga halol hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kishilar juda xushyor bo‘lishlari kerak. Har bir yo‘lovchi tushayotganida albatta narsalariga qarab, ogohlantirib qo‘yishi kerak. Qolib ketgan narsalarni tasarruf qilishda qo‘yidagi qoidaga amal qilinadi: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Agar o‘zlaringiz faqir-miskin darajasida bo‘lsangiz o‘zingizda qolsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar