Avtomashina sotib olish

! Avtosalonlardan mashina sotib olishdagi beriladigan pora ("shapka") lar haqidagi savollarga bergan javoblaringizni ba’zilarini o‘qib chiqdim. Xozirgi kunlarda mashina olish niyatidaman. Shu kunlarda salonlarda chet elga sotish yaxshi bo‘lmaganligi tufayli mashina sotib olish biroz osonlashdi xattoki "shapka" siz ham olish mumkin. Lekin shu holatda ham mashinaga "schyot"ni "shapka"siz olish shu ish ichida yurganlarga oson. Masalan men salonma salon yurib "shapka" bermasdan mashina sotib ola olmasligim mumkin. Shuning uchun men shu ish ichida yurgan tanishimga meni mashinani o‘z narxida olishimga yordam bergani uchun pul bersam bo‘ladimi? Bu poraga kirib qolmaydimi? Lekin meni beradigan pulim mashina shapkasidan ancha kam bo‘ladi. Masalan "shapka" 1000$ bo‘lsa, men unga 100$ berishim mumkin. Lekin men unga yordam bergani uchun bergan pulimni ma’lum bir qismini salondagi odamga pora bergan bo‘lsachi. Unda gunohga sherik bo‘lmaymanmi? Agar noo‘rin savol bergan bo‘lsam ma’zur tutgaysiz. Alloh din uchun qilayotgan amallaringizni O‘zi munosib mukofotlasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz uning xizmatidan foydalanib mashina sotib olsangiz va xizmat haqini kelishgan miqorda bersangiz bo‘ladi.

26 May 2022, 21:04 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar