Sherikchilikda chorva mol

Assalomu alaykum! Ikki kishi quyidagi shartda tijorat qilmoqda, Birinchisi sarmoya tikadi. Ikkinchisi bu sarmoya bilan chorva mollarini oldi sottisi bilan shug‘ullanadi. Topilgan foyda va zarar o‘rtada teng taqsimlanadi, lekin Sarmoyadorning sarmoyasi yo‘qolmasligi sharti bilan, ya’niki qachondir sherikchilik tugasa sarmoyador o‘z pulini to‘laligicha qaytarib oladi. Bunday tijorat halol va to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarar ko‘rilsa aylantiruvchi to‘lab berishni shart qilib qo‘yish joiz emas. Shuning uchun sarmoyaning yarmini aylantiruvchiga qarz qilib berilsa ishni tugatishganida olgan qarzini to‘laligicha beradi. Shunda sarmoyadan ko‘p zarar ko‘rmaydi. Foyda esa kelishuvga binoan bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar