Bu holatda namoz qasr qilib o‘qiladimi?

Assalamu alaykum! Shayx Hazratlari Sizga bir savolim bor edi, safarga chiqqan odam 3 kundan 15 kungachan safari cho‘zilsa namozini qasr o‘qishi kerakligini kitoblarda o‘qidim, lekin mendagi holat shundayki, bir davlatning viloyatiga borib 14 kun yashasam, 15-kundan boshlab o‘sha davlatning boshqa viloyatiga borishimga to‘g‘ri keladi. Viloyatlar oralig‘i kamida 500 km. Bu holatda men namozni to‘liq o‘qiymanmi yoki boshqa viloyatga borganligim sababli yangidan musofir bo‘lib, yana 15 kun davomida namozni qasr o‘qiymanmi? Javobingiz uchun rahmat! Alloh taolo qilayotgan amallaringizni ajrini dunyo va oxiratda bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasr o‘qiysiz.

26 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar