Aka-uka xam fikr bildirishga xaqlimi

Assalomu alaykum! Aytaylik, ota-ona bo‘yiga etgan qiz farzandiga dugonasinikida qolishga yoki kechroq qaytishga ruxsat berdi. Tabiiyki aka yoki uka bunday xolda ota-ona fikriga qarshi chiqishi mumkin. Kattalarimiz esa ko‘pincha “sen aralashma, ruxsatni biz berganmiz, sen o‘zingni ishingni qilaver” deyishadi. Bunday xolda kimning fikri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aka uka bunday vaqtda tadbirli bo‘lishi kerak. Ota-ona doim ham ko‘chadagi yoshlarning holidan xabardor bo‘lishavermaydi. Ularni zehnida o‘zlarining yoshlik davrdagi holatlar o‘rnashib qolishgan. Uxlatuvchi dorilarni ichirib rasvo ishlarni qilayotgan yigit qizlarni borligidan bexabar. Tug‘ilgan kun kabi sinfdoshlar o‘tirishlarida homilador bo‘layotganlar juda ko‘p. Ota-onalarning ko‘pi  buni bilishmaydi. Ota-onaga xo‘p deb aka uka o‘z bilganini qilish kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar