Xayolimga behayo shaxvoniy ishlar kelaveradi

Assalamu alaykum! Yoshim 20da Alhamdulillah namozda bardavomman lekin taqvoyim kam. Bazi bazida 1 xafta yoki 10 kun ichida shaxvoniy xayollarga berilib pornografik videolar ko‘rib o‘zimni o‘zim qondirib juda afsuslanib endi qilmayman deb tavba qilib ketaman kiyin yana shuncha muddatdan kiyin xayolim yana avvalgiday buzuladi noiloj yana shu ishga qo‘l urub qo‘yayapman. Ro‘za tutaman desam sabr qilib tutaolaman lekin og‘iz ochgandan kiyin yana o‘sha xolatga tushub qolaman. Uylanaman desam ... Qanday qilib bu ishdan qutilaolamiz to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatingizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ertaga oxiratda Allohning alamli azobiga sabr qila olasizmi?! Shuni uylab ko‘ring, haqiqiy holatga yaqinroq tasavvurga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz bir barmoqni uchi yoki biror joyingiz kuyganini eslang, og‘riq qanday bo‘lgan, yoki kuydirib ko‘ring. Uylanishga qattiq harkat qiling. Bu yomon odatga turtki bo‘ladigan omillarni yo‘qoting, bo‘sh vaqt qoldirmang, manfaatli ishlar bilan o‘zingizni band qiling. Alloh doim ko‘rib kuzatib turuvchi Zot ekani yodingizda tursin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar