Imtihondagi holat haqida

Assalomu alaykum! Mana oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari ham yaqinlashmoqda va men universitet talabasiman. Ba’zi bir insonlar ularni o‘qishga oson kirishlari uchun hech qanday imtihonga tayyorgarliksiz imtihonga telefon olib kirishlarini(berkitib) va biz u imtihon savollarini echib berishimizni so‘rashadi. Lekin men bu  ish  harom desam, “bu odamlarga yordam” deyishmoqda. Bu ish haromligini har xil yo‘l bilan tushuntirdim, lekin tushunishmayapti. Shunga iltimos bu ish haromligini aytib o‘tsangizlar. Bu savolni 1-avgustgacha telegram kanalingizga qo‘ysalaringiz. Ustozlar oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَسْمَاءَ رَضِي اللهُ عَنْها، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ هِشَامٍ، حَدَّثَتْنِي فَاطِمَةُ، عَنْ أَسْمَاءَ: أَنَّ امْرَأَةً قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ لِي ضَرَّةً، فَهَلْ عَلَيَّ جُنَاحٌ إِنْ تَشَبَّعْتُ مِنْ زَوْجِي غَيْرَ الَّذِي يُعْطِينِي؟ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمُتَشَبِّعُ بِمَا لَمْ يُعْطَ كَلَابِسِ ثَوْبَيْ زُور Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol: «Ey Allohning Rasuli, mening kundoshim bor. Agar erim menga bermagan narsani bergan qilib ko‘rsatsam, gunoh bo‘ladimi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘ziga berilmagan narsani berilgan qilib ko‘rsatgan odam ikkita yolg‘on kiyim kiygan kabidir», dedilar». Izoh: «Ikkita yolg‘on kiyim kiygan kabidir», ya’ni gunohi ikki barobardir. Gapi ham yolg‘on, ishi ham yolg‘on. O‘zida yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatishi bir gunoh, bu bilan o‘zgaga ozor berishi yana bir gunoh. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Shorihlar ushbu hadisning sharhida “Bu hadis ostiga : “Tabobatdan ilmga ega bo‘lmasdan o‘zini tabib deyuvchilar, shar’iy ilmlarga ijozat olmasdan o‘zini olim deguvchilar, xullas biror bir sohaning mutaxassisi bo‘lmasdan o‘zlarini o‘sha sohaning ustasi deb da’vo qiluvchilar kiradi” deganlar. Aslini olib qaralsa barcha yomonlik va rasvogarchiliklarning o‘zagi, kelib chiqish manbai shu erdan boshlanadi. Ularga bu ishda yordam beruvchilar ham ulardan sodir bo‘lgan barcha ishlarning gunohida barobar bo‘ladilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar