Nima bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Erim bilan ko‘p janjallashamiz. Juda ham jahli tez, tili yomon inson. Janjal vaqtida dilimni og‘ritadigan har xil gaplar gapirvoradi. (Uynashing bilan shu tarzda gaplashasan, men bilan bunaka gaplashma, yaxshi er nasib qiladi senga ham) shu kabi gaplar. Bunday holda erkakka qanday hukm chiqariladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta eringiz gunohkor bo‘ladi, lekin hukmni siz chiqarmang. Bir ayol erining ustidan shikoyat qilib, bir ahli ilmning oldiga kelibdi. Shunda masalani yaxshilab eshitgan ilmli kishi, bir idishda suv berib “buni, qachon eringiz bilan janjal boshlanganida og‘zingizga olib, yutmang ham, chiqarib ham yubormang. In shaa Alloh tez orada janjallashmay qolasizlar” debdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach o‘sha ayol minnatdorchilik bildirgani kelib, oilada janjallar butkul to‘xtaganini aytibdi. Shunda olimning shogirdlari “Ustoz suvga nima o‘qib dam solgan edingiz. Kelajakda shunday holatga tushsak, biz ham qo‘llaymiz” deganida, “Men hech narsa o‘qimadim, e’tibor berib qarasam janjalning sababi ayolning tilidan ekan. Shunga sukut saqlasin deb shu usulni qo‘lladim” degan ekan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar