Duoda adashish

Assalomu alaykum! Man namoz o‘qib bo‘lgandan keyin duolar davomida "Allohim qiyomat kuni mag‘firatingni darig‘ tutma" deb duo qilar edim. Kecha "Allohim qiyomat kuni mag‘firatingni darig‘ tutma" deyish o‘rniga duo kalomlarini tez aytish davomida adashib, o‘zim bilmagan holda "Allohim qiyomat kuni mag‘firat qilmagin" degan so‘zni aytib yubordim. Bunda "darig‘ tutma" so‘zini "qilmagin" so‘ziga o‘zim anglamagan holda adashtirib yuboribman. Aytib bo‘lgan zahotim nima deganimni tushunib Allohdan kechirishni so‘rab iltijo qildim. Lekin qo‘rqib ketyapman aytgan gapimni ma’nosini o‘ylab. Endi nima qilsam bo‘ladi? Bu gapim uchun qanday javob beraman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tilni adashuvi uchun gunoh bo‘lmaydi agar tezda tuzatilsa. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 159 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar