Muallafatul-qulub haqida
Assalomu alaykum, ustozlar! Yaqin kunlarda telegramm messendjeri orqali https://old.islom.uz/content/view/3867/106/ manbaasidan foydalanilgan xolda «ZAKOT BERILADIGAN ShAXSLAR» ro‘yxatini o‘qidim va ularni orasida Muallafatul-qulubga, ya’ni ko‘ngli Islomga moyil bo‘lib turganlarga (hozirda bu hukm nasx bo‘lgan) beriladi degan qatorni o‘qidim. Shu erda bir savol tug‘ilib qoldi, hozirda bu hukm nasx bo‘lgan deyilgan. Shu haqida batafsil bilmoqchi edim. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi va shu kabi hadislardan fuqaholar “Zakot musulmonlarning boylaridan olinib, musulmonlarning faqirlariga beriladi” degan hukmni olganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَ مُعَاذًا رَضِي اللهُ عَنْهُ إِلَى الْيَمَنِ فَقَالَ: ادْعُهُمْ إِلَى شَهَادَةِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَأَنِّي رَسُولُ اللهِ، فَإِنْ هُمْ أَطَاعُوا لِذَلِكَ فَأَعْلِمْهُمْ أَنَّ اللهَ قَدِ افْتَرَضَ عَلَيْهِمْ خَمْسَ صَلَوَاتٍ فِي كُلِّ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ، فَإِنْ هُمْ أَطَاعُوا لِذَلِكَ فَأَعْلِمْهُمْ أَنَّ اللهَ افْتَرَضَ عَلَيْهِمْ صَدَقَةً فِي أَمْوَالِهِمْ، تُؤْخَذُ مِنْ أَغْنِيَائِهِمْ وَتُرَدُّ عَلَى فُقَرَائِهِمْ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Mu’oz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib: «Ularni Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi va men Allohning Rasuli ekanimga guvohlik berishga da’vat qil. Agar ular bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha-kunduzda besh namozni farz qilganini ham ma’lum qil. Agar ular bunga itoat qilishsa, Alloh ularga mollarida boylaridan olinib, kambag‘allariga qaytariladigan zakotni* farz etganini ma’lum qil», dedilar». Bu so‘z matnda sadaqa deb kelgan. «Sadaqa» so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, Allohga qurbat hosil qilish niyatida ado etiladigan moliyaviy ibodatni anglatadi. Sadaqa deganda zakot, ushr, fitr sadaqasi, fidya va nazr kabi moliyaviy ibodatlar ham tushunilaveradi. Shu bois tarjimada faqat zakot yoki ushr nazarda tutilgan o‘rinlarda «sadaqa» so‘zi zakot deb tarjima qilinib, boshqa hollarda aslicha qoldirildi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar