Taloqqa yo‘l bor deb o‘ylasa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Taloq haqidagi savol-javoblarni o‘qib chiqqan edim. Aksariyat javoblarda uch taloqqa yo‘l yo‘q, boshqa qaytib birga yashash (xotini boshqa bir erga tegib undan taloq olmaguncha) halol bo‘lmaydi, deyilgan. Ammo bir necha javoblarda agar er jahl ustida taloq aytgan bo‘lsa, buning masalasini diniy idoralarda, biror ilmli inson bilan maslahatlashish kerak deyilgan ekan. Bu javobdan uch taloqqa yo‘l bor, degan xulosa chiqadimi? Savol noo‘rin bo‘lsa, uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q, siz mutlaqo noto‘g‘ri tushunibsiz. Jahl ustida ham, hazillashib ham, mast holatda ham tushadi. Shariatimizda bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Shunda chuqurroq savol-javob qilinadi. Agar taloq voqe’ bo‘lmagan holat bo‘lsa, ularga taloq tushmagani aytiladi. Holat har xil bo‘lgani uchun bu kabi masalalar sayt orqali yozishib hal qilinmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush