Janjalni tark etish

Assalomu alaykum! Men bir joyda kimki janjal qilishga qodir bo‘laturib Allohning rizosi uchun janjalni tark qilsa, Alloh taolo oxiratda u kishiga barcha kishilar oldida bitta hur sovg‘a qiladi degan gapni eshitdim, shu ma’lumot sahihmi? Agar hadisda kelgan ma’lumot bo‘lsa, hadis matnini keltirib bersangiz xursand bo‘lardim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عن أنس بن مالك قال: قال رسول الله  صلي الله عليه وسلم: من ترك الكذب وهو باطل بني له في ربض الجنة، ومن ترك المراء وهو محق بني له في وسطها، ومن حسن خلقه بني له في علاها. قال الترمذي: حديث حسن، Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim nohaq bo‘la turib yolg‘onni tark qilsa, u uchun jannatning chekasidan bino barpo qilinadi va kim haq bo‘laturib tortishuvni tark qilsa, u uchun jannatning o‘rtasidan bino barpo qilinadi va kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, u uchun jannatning eng yuqorisidan bino barpo qilinadi” dedilar".
Termiziy rivoyati. Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men shunga kafilman, zominman” deganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 214 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar