Majburlab ro‘zani ochtirsa
Assalomu alaykum! Bir muslima tanishimizdan nega ro‘za tutmayotganini so‘rasam ota-onam qo‘ymayaptilar dedi. Men yashirib bo‘lsa ham baribir tutishi kerakligini tushuntirdim. 2 kundan keyin so‘rasam yana tutmaganini, endi esa onasi uni ushlab olib majburlab ovqat edirayotgan emish. Shunday holda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onasi katta gunohga jur’at qilibdilar. Alloh taolo bir oy farz qilgan amalga qarshi chiqishda kufrning xavfi bor. Alloh taologa itoat qilib ro‘zani tutishi va shu bilan birga ularga chiroyli yo‘llar bilan tushuntirishi kerak. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh) Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush