Juma namozi ayollarga
Assalomu alaykum! Yaqinda bilib qoldimki ayollar juma kuni uyda peshin namozi deb o‘qir ekanlar. Ammo men buni bilmasdan, shu vaqtgacha uyda juma kuni to asrning vaqti kirgungacha bo‘lgan vaqtda namozda juma namozini o‘qishni niyat qildim, deb niyat qilardim va juma namozini 4 rakat sunnati, juma namozini2 rakaat farzi, jumani 4 rakaat sunnati deb 10 rakaat yoki 2 rakaat farzini o‘qir edim. Endi juma namozi deb o‘qilgan namozlarni qayta o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollarga juma farz emas, ular peshin o‘qiydilar. Mabodo masjidga borishsa imomga iqtido qilib juma o‘qishlari mumkin. O‘sha juma deb o‘qiganlaringizni qazosini o‘qib olasiz, qoldirilgan 4 rak’at peshinning farzi deb o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 385 | Ibodatlar