Qabr boshida tilovat

Assalomu alaykum! Qabr boshida tik turib Qur’on tilovat qilish kerak deb tanishlarim aytishgandi. Ilmlari ziyoda bo‘lsin. Shu hadis haqida (tik turib tilovat qilish) qaysi kitobda ma’lumot izlasam bo‘ladi? Yoki kim rivoyat qilgan hadisdan? Ijtimoiy tarmoqlardan izlashdan to‘g‘risi qo‘rqaman (3 yilga qamalib ketmayin)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz. Keng yo‘lni toraytirishga hojat yo‘q.عَنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ دَفْنِ الْمَيِّتِ وَقَفَ عَلَيْهِ فَقَالَ: «اسْتَغْفِرُوا لِأَخِيكُمْ، وَسَلُوا لَهُ بِالتَّثْبِيتِ، فَإِنَّهُ الْآنَ يُسْأَلُ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ: بَحِيرُ بْنُ رَيْسَانَ.Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon biror mayyitning dafnidan foriq bo‘lsalar, qabr tepasidan turadilar va : “Birodarlaringizga mag‘firat so‘ranglar va uni sobit bo‘lishini so‘ranglar. Chunki u hozir savol qilinayapti” der edilar. (Abu Dovud rivoyati).
Shunga binoan dafndan keyin qabr tepasida turish va mayyitning haqiga duo qilish mustahab hisoblanadi. Ulamolarimiz duo qilish bilan birga tilovat qilishni joiz deganlar. Uni tik turganda qilinadimi, o‘tirgan holdami, qiblaga yuzlangan holdami yoki yuzlanmagan holdami farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 11:47 | Savol-javoblar | 0 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar