Investitsiya kiritadigan sayt
Assalomu alaykum! Agar siz o‘z mablag‘ingizni yuqori foizga (%) qo‘yishni xoxlasangiz unda biz sizga silver karta tafsiya etamiz masalan 1000 $ silver karta xarid qilsangiz sizga xar xafta 3.5 % daromad ya’ni 35 $ tushadi. 52 xafta ya’ni bir yil davomida 1820 $ bo‘ladi, yil yakunida esa silver kartani kompaniyaga qaytarasiz kompaniyas esa 1000 $ kiymatga ega kumush taqinchoqlarga almashtirib beradi, bundan ko‘rinib turibdiki kompaniyaga kiritgan investitsiyangiz ikki barobar bo‘lib qaytib kelib, yana 1000 $ kumush taqinchoqlik bo‘lasiz. Ushbu shartlar bo‘yicha pul tikish investitsiyami yoki riboga pul berishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, riboning ustiga qurilgan ish. Bu «Agar siz o‘z mablag‘ingizni yuqori foizga (%) qo‘yishni xoxlasangiz» jumlasidan ko‘rinib turibdi. Pulni foizga qo‘yish ribo bo‘ladi. Shariat bo‘yicha investitsiya ya’ni biror ishga pul tikiladigan bo‘lsa, avvalo bu ish shariatga muvofiq bo‘lishi talab qilinadi. Bu erda pul nima ishga tikilishi aniq emas. Ikkinchidan foyda tikilgan mablag‘dan foizda belgilanishi ayni ribo bo‘ladi. Foyda o‘sha ishdan kelgan mablag‘ning bir bo‘lagi bo‘lishi kerak. Bu degani ham safar har xil foyda degani. Bir xil foyda faqat ribo ishlardan keladi. Shuning uchun bu ish halol emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat