Jannatga kirganlarning yoshi va holati
Assalomu alaykum! Agar bir inson jannatga kirsa, u jannatda qanday yoshda bo‘ladi? U inson kimdir uchun bobo, kimdir uchun nevara hisoblanadiku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma erkak bir xil yoshda bo‘lishadi. حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ وَأَبُو هِشَامٍ الرِّفَاعِيُّ، قَالَا: حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَامِرٍ الْأَحْوَلِ، عَنْ شَهْرِ بْنِ حَوْشَبٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَهْلُ الْجَنَّةِ جُرْدٌ مُرْدٌ كُحْلٌ، لَا يَفْنَى شَبَابُهُمْ وَلَا تَبْلَى ثِيَابُهُمْ هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ Bizga Muhammad ibn Bashshor va Abu Hishom Rifa’iy hadis aytib berishdi. Ular deyishdi: «Bizga Mu’az ibn Hishom hadis aytib berdi». U otasidan, u Amir Ahvoldan, u Shahr ibn Havshabdan:
Abu Hurayradan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahillari badanlari tuksiz, iyaklari soqolsiz (ya’ni chiroylik), ko‘zlari (tabiyatan, xilqatta) surma surilgandek, ularning yigitliklari tugamaydi, kiyimlari ham eskirmaydi», dedilar».
Bu g‘arib hadisdir. (Imom Termiziy rivoyati). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: خَلَقَ اللهُ آدَمَ عَلَى صُورَتِهِ، طُولُهُ سِتُّونَ ذِرَاعًا، فَلَمَّا خَلَقَهُ قَالَ: اذْهَبْ فَسَلِّمْ عَلَى أُولَئِكَ النَّفَرِ مِنَ الْمَلَائِكَةِ جُلُوسٍ، فَاسْتَمِعْ مَا يُحَيُّونَكَ، فَإِنَّهَا تَحِيَّتُكَ وَتَحِيَّةُ ذُرِّيَّتِكَ. فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ. فَقَالُوا: السَّلَامُ عَلَيْكَ وَرَحْمَةُ اللهِ. فَزَادُوهُ وَرَحْمَةُ اللهِ، فَكُلُّ مَنْ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ عَلَى صُورَةِ آدَمَ، فَلَمْ يَزَلِ الْخَلْقُ يَنْقُصُ بَعْدُ حَتَّى الْآنَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh Odamni o‘z suratida yaratdi. Bo‘yi oltmish gaz edi. Uni yaratib bo‘lgach, «Borgin-da, anavi o‘tirgan bir necha farishtaga salom ber. Ularning sen bilan nima deb salomlashishlariga quloq sol, sening salomlashuving ham, zurriyotingning salomlashuvi ham o‘shadir», dedi. U: «Assalaamu alaykum», dedi. Ular: «Assalaamu alayka va rohmatulloh», deya bunga «va rohmatulloh»ni qo‘shimcha qilishdi. Jannatga kiradigan har kim Odam suratida bo‘ladi. Odamlar hamon qichrayib kelmoqda».
Izoh: «Alloh Odamni o‘z suratida yaratdi», deganda Alloh taolo Odam alayhissalomni bir yo‘la mukammal shaklda yaratgani nazarda tutilgan. Boshqa insonlar esa darajama-daraja – nutfa, laxta qon, homila, chaqaloq va hokazo bosqichlar asnosida yaratiladi.
«Jannatga kiradigan har kim Odam suratida bo‘ladi», degani Odam alayhissalomdek barkamol shaklu suratda bo‘ladi, dunyodagi jismoniy nuqsonlari bartaraf etiladi, demakdir.
«Odamlar hamon qichrayib kelmoqda», degani Odam alayhissalomning bo‘yi oltmish gaz bo‘lgan bo‘lsa, keyingi insonlar borgan sari bo‘yi pastlab, jussasi kichrayib kelganiga ishoradir. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 254 | Turli savollar