Kechasi yomon tush ko‘rish

Assalomu alaykum! Bir tanishim kechalari yomon tush ko‘rib qo‘rqib yig‘lab uyg‘onarkan. Nima qilishni maslahat berasizlar? Bundan qanday halos bo‘lish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ertalab va kechqurunda 11marta salovat keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib dam solish kerak. Bu juda ko‘p marta tajribadan o‘tgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar