Mehmon aroq so‘rasa

Assalomu alaykum! Mehmon kutsangiz, kelgan mehmon sizdan may so‘rasa, unga yo‘q mumkin emas desangiz, mehmonni ko‘ngli og‘risa va uyingizni tark etsa. Siz ko‘nglini og‘ritganingiz uchun gunohkor bo‘lasizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz mehmonni ko‘nglini og‘rishini emas Robbingiz rozi bo‘lishini o‘ylang. Aks holda sizni gapingizdan “birorta yaqiningni olib kelib, men zino qilaman” desa ko‘ngli og‘rimasligi uchun olib kelib berishingizga to‘g‘ri keladi. Siz bunga rozi bo‘lmasligingiz aniq. Mayga ham rozi bo‘lmasligingiz kerak. Chunki ikkisi ham harom va gunohdir. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 171 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar