Farzandni oq qilish

Assalomu alaykum! Agar ota mast holatda farzandini jahl ustida oq qilsa va ertasi kuni bundan afsuslanib istig‘or ayta gapimni qaytib oldim desa o‘sha farzand oq qilinmagan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand oq bo‘ladigan ishni qilmagan bo‘lsa oq bo‘lmaydi. Oq bo‘ladigan ishni qilsa ota oq qildim demasa ham oq bo‘ladi. Kechirishi bilan va farzand tug‘rilanishi bilan oqlik ketadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar