Zakot unga bermaymi?

Assalomu alaykum! Qo‘shnim ancha nochor, boshida eri yo‘q, 4 ta farzandidan 2 ta qizi turmushga chiqqan, 2 ta o‘g‘lidan birini aqlida nuqsoni bor. Ikkinchisini o‘zi va oilasini boqishi amri maxol. Qo‘shnimizni o‘zi kasal, avval zakotni ularga chiqarar edim. Hozirda boshim qotdi, yaqinda cho‘pcha kuydirish, kishoyish kabi bid’at ishlarni o‘zlariga kasb qilib olibdi. Zakotni ularga chiqaraymi yoki masjiddan haqliroqlarni so‘rab o‘shalarga beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dinni yaxshi tushunmaganidan yoki shu ishlarni dindan deb o‘ylagani uchun shunday qilgandir. Ba’zan odamlarni shu kabi bid’atlarni qilishlariga yon qo‘shnilari ham sabab bo‘lishi mumkin. Siz buni joizmasligini bilar ekansiz nega ertaroq tushuntirmadingiz? Shu bilmasdan qilgan ishi uchun yuz o‘girib yuborishingiz to‘g‘ri emas. Ular bilan aloqani yanada yaxshi qilib, ko‘p va chiroyli nasihat qilib bu ishlardan qaytaring va yordamingizni uzib qo‘ymang. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar