Hadya olish haqida
Assalomu alaykum! Men odamlardan hadya olishni unchalik hushlamayman. Hadyani olsam o‘zimni juda noqulay sezaman. Hadyasi evaziga keyinroq men ham hadya beraman niyyat bilan hadyasini olsam xam o‘zimni noqulay sezaman. O‘sha odamni har ko‘rganda o‘zimda hijolatchilikni sezaman. U odamni oldida qarzdordek bo‘lib keyin u odamga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsam niyatim buzilib Alloh uchun emas balki o‘sha hadyasi uchun qiladigan bo‘lib qolaman. Imom Xanbal, Imomi A’zam adashmasam Imomi Shofeiy xam hadyalarni olishmagan ekanlar. Albatta men ularchalik ilm egasi emasman. Lekin niyatim buzilmasligi uchun o‘zimni noqulay sezmasligim uchun hadyalarni qaytarsam bo‘ladimi. Ochig‘i hadyalarni qaytarganim sabab tushunmovchilik, noqulayliklar paydo bo‘lyapti....
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kutilmagan hadyani olish joiz. Rad qilish yaxshi emas. Ish bitirib berish uchun pora bo‘lmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya