Taloq borasida savol
Assalomu alaykum! Xo‘jayinim bilan janjallashib qoldik, shundan beri shu savol meni qiynab keladi, iltimos menga tushuncha bering. Shu janjal orasida “ket yo‘qol, talog‘ini bervoraman” dedi, lekin taloqsan yoki talog‘ini berdim deb aytmadi. Men xam ketmadim, bunda nikoximizga putr etmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ket deganda taloqni niyat qilmagan bo‘lsa talog‘ingni berib yuboraman deyish bilan tushmaydi. Tushishi uchun berdim degan o‘tgan zamonda aytishi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush