Vasvasadagi el bilan haqiqiy el farqi qanday?
Assalomu alaykum! Men namozga tahorat olib ko‘pincha masjidda jamoat bilan namoz o‘qiyman. Namozga kirganimda ko‘pincha el chiqqanday bo‘ladi ya’ni qandaydir havo (poq etib) otilib chiqadi ba’zida kichikroq ba’zida kattroq men boshida el chiqmoqda deb namozimni buzib yana tahorat olib kelib o‘zim namoz o‘qishni boshlasam ham shu holat yana qandaydir havo chiqib ketayapti tushunmay qoldim agar el chiqmoqchi bo‘lsa qornim bildiradida keyin el kelsa ushlab turishim ham mumkin ammo bu havoni qornim hammasi joyida bo‘lganda ham chiqib ketaveradi hech ushlab qolib bo‘lmayapti agar har shunday chiqqanda namozni buzib tahorat olaversam o‘zimga zulm qilib qo‘yaman unda tashqari agar bu vasvasa bo‘lsa vasvasa kuchayib keyin namoz o‘qib va tahorat olish qiyinlashib ketadi. Yana eng qiziqi bu holat faqat namoz o‘qiyotganda bo‘lmoqda boshqa vaqtda hech bo‘lmaydi bir namozda 2 yoki 3 marta ham bo‘lmoqda. Bunday holatda men nima qilay? Shayton shunday havo chiqarib menga namozda vasvasa qilish mumkin yoki bu havo haqiqiy elmi? Bu chiqadigan havoni hid yo‘q ammo sezgi a’zolarimga bilnadida havo chiqqandi hech tushunmayapman nima bo‘layotganini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz to‘ladan kelgan odam bo‘lsangiz bu muammo semiz odamlarda ko‘p bo‘ladi. Ularning orqalari semiz bo‘lgani uchun yurganda yoki boshqa harakatlar qilganida ikki dumba orasidan ham ba’zan havo paydo bo‘lib chiqishi kuzatiladi. U havo avrat teshikdan chiqmaydi, ikki dumbaning orasidan chiqadi. Shunday bo‘layotgan bo‘lsa, u bilan tahorat ketmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat